Sotuv uchun kerak boʻlgan hamma narsa. Ortiqchasi yoʻq.
Kweko sotuv va mijozlar bilan muloqot uchun qilingan. Intranet, disk va oʻnlab modullar yoʻq: faqat mijozni yoʻqotmaslik, tez javob berish va pulni olish uchun vositalar.
Barcha yozishmalar bitta oynada
Telegram, Instagram, WhatsApp va saytdagi chat bitta roʻyxatda. Yangi yozgan mijoz avtomatik ravishda kontakt va bitimga bogʻlanadi.
- Javob kutayotgan suhbatlar va javob muddati belgilari
- Xabar ketmasa, qayta yuborish bir bosishda
- «STOP» kabi obunadan chiqish soʻzlari avtomatik ishlaydi
- Suhbatni bitim lentasidan ham davom ettirish mumkin
Voronka koʻz oldingizda
Bitimlarni bosqichdan bosqichga sudrab oʻtkazing. Mijozning butun tarixi, yaʼni xabarlar, qoʻngʻiroqlar, izohlar va toʻlovlar bitta lentada.
- Kanban va jadval koʻrinishi, filtrlar va saqlangan koʻrinishlar
- Istalgan maʼlumot uchun oʻz maydonlaringiz
- Soha boʻyicha tayyor voronkalar
- Oʻzgarishlar butun jamoada darhol koʻrinadi
Vazifalar va kalendar
Har bir bitimda keyingi qadam boʻladi. Muddati kelganda Kweko eslatadi.
- «Mening ishlarim»: bugungi vazifalar va javob kutayotgan chatlar
- Jamoa kalendari
- Oʻtkazib yuborilgan qoʻngʻiroqdan avtomatik vazifa
Toʻlovni chatda qabul qiling
Hisob yarating va Payme yoki Click havolasini mijozga oʻsha chatning oʻzida yuboring. Toʻlov kelganda bitim oʻzi yangilanadi.
- Oʻz Payme va Click hisobingiz orqali
- Hisoblar va kutilayotgan toʻlovlar roʻyxati
- Didox orqali elektron hisob-faktura (ESF)
Takroriy ishni Kweko bajarsin
Oddiy jumla koʻrinishidagi qoidalar: «Bitim ‹Toʻlov› bosqichiga oʻtsa, toʻlov havolasini yubor». 30 ta tayyor retsept bilan.
- Bosqich, vaqt va sana boʻyicha triggerlar, kutish va shartlar
- Tunda xabar yubormaslik va bitta mijozga yuborishlar chegarasi
- Sinov rejimi va har bir ishga tushishning jurnali
Telefoniya va SMS
Qoʻngʻiroqlar mijoz kartasiga oʻzi tushadi. Notanish raqam yangi kontakt va bitimga aylanadi, oʻtkazib yuborilgan qoʻngʻiroq esa qayta qoʻngʻiroq vazifasiga.
- OnlinePBX, Sipuni, Zadarma va oʻz Asterisk serveringiz
- Bir bosishda qoʻngʻiroq, yozuvni tinglash va natijani belgilash
- Eskiz yoki Playmobile orqali SMS, segmentlar hisobi bilan
Kim qanday ishlayotganini koʻring
Javob tezligi, voronka, manbalar va toʻlovlar boʻyicha tayyor hisobotlar. Kweko Score har bir menejerning natijasi, tezligi va intizomini bitta raqamda koʻrsatadi.
- Egasi, jamoa rahbari va menejer uchun alohida panellar
- Murabbiylik maslahatlari: kim qayerda qiynalyapti
- Har bir xodim oʻzi haqida nima oʻlchanishini koʻradi
Kweko AI: uzun suhbat bir bosishda
Kweko AI suhbat xulosasini tuzadi, javob qoralamasini yozadi va tarjima qiladi. U odatda oʻchiq turadi va administrator rozilik bergandan keyingina ishlaydi.
- Xulosa, javob qoralamasi va tarjima
- Telefon, pochta va karta raqamlari yuborilishidan oldin yashiriladi
- Har bir funksiyani alohida oʻchirish mumkin
Telefonda ham toʻliq ishlaydi
Kweko brauzerda ochiladi va telefonga ilova sifatida oʻrnatiladi. Yangi xabar va vazifalar haqida bildirishnoma keladi.
- Android va iPhone brauzerlarida
- Push-bildirishnomalar
- Alohida ilova yuklab olish shart emas
Import, eksport va API
Maʼlumotlaringiz sizniki. Ularni istalgan payt CSV yoki Excel formatida yuklab oling.
- Import amoCRM va Bitrix24 ustun nomlarini taniydi
- Ommaviy amallar va ularni 24 soat ichida bekor qilish
- REST API, imzolangan vebhuklar va ilovalar platformasi
Integratsiyalar
Kweko biznesingiz ishlatadigan tizimlar bilan bogʻlanadi. Har birining holati bitta sahifada koʻrinadi.
- MoySklad va 1C: mahsulotlar, qoldiqlar, buyurtmalar
- Didox: elektron hisob-fakturalar
- Odoo, Google Calendar, Facebook va Instagram lid-formalari
Jamoa va huquqlar
Rollar: egasi, administrator, jamoa rahbari, menejer va kuzatuvchi. Har kim faqat oʻziga kerakli narsani koʻradi.
Xavfsizlik haqida batafsil- Kuzatuvchi mijozlarning telefon va pochtasini yashirilgan holda koʻradi
- Kuzatuvchi oʻrinlari bepul
- Audit jurnali: kim nimani oʻzgartirdi
Telegram botni ulang va birinchi mijozga Kwekodan javob bering.
Roʻyxatdan oʻtish bir daqiqa oladi. 14 kun davomida Pro tarifining barcha imkoniyatlari bepul.