CRM nima va u sizga kerakmi?
CRM mijoz bilan boʻlgan har bir gapni, kelishuvni va keyingi qadamni bitta joyda saqlaydigan dastur. Quyida u nima berishi va qachon kerakligi.
Mundarija
CRM oʻzi nima
CRM (Customer Relationship Management) soʻzma-soʻz "mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish" degani. Amalda bu bitta dastur: unda har bir mijoz, u bilan yozishmalar, qoʻngʻiroqlar, kelishilgan narx va keyingi qadam turadi.
Daftar yoki Excel ham mijozlar roʻyxatini saqlaydi. Farqi shundaki, CRM roʻyxatni emas, ishni yuritadi: kim javob berishi kerak, qaysi mijoz kutib qoldi, qaysi bitim toʻlovga yaqin.
CRM nima ish qiladi
- Hamma murojaat bitta joyga tushadi. Telegram, WhatsApp, sayt va qoʻngʻiroqlar alohida-alohida emas, bitta oynada.
- Har bir mijozning egasi bor. Yangi murojaat kimga tushgani aniq, "men koʻrmadim" degan gap qolmaydi.
- Keyingi qadam unutilmaydi. "Juma kuni qoʻngʻiroq qilaman" degan vaʼda vazifaga aylanadi va vaqtida eslatiladi.
- Rahbar holatni koʻradi. Nechta murojaat keldi, nechtasi sotuvga aylandi, kim tez javob beryapti.
CRM qachon kerak boʻladi
Agar quyidagilardan ikkitasi sizga tanish boʻlsa, vaqti kelgan:
- Mijoz yozgan, lekin hech kim javob bermagan holatlar boʻlyapti.
- Menejer ishdan ketsa, uning mijozlari ham yoʻqolyapti.
- "Bu mijoz bilan nima deb kelishgandik?" degan savolga javob topish qiyin.
- Oy oxirida qancha sotilganini hisoblash uchun bir necha chat va jadvalni titkilash kerak.
- Reklama pul yeyapti, lekin qaysi biri mijoz olib kelayotgani nomaʼlum.
Bir kishi ishlasa va kuniga besh-oʻnta murojaat kelsa, daftar ham yetadi. Jamoa ikki-uch kishidan oshishi bilan tartibsizlik boshlanadi.
CRM turlari
Koʻp CRM tizimlari pochta va formalar atrofida qurilgan. Bizda esa savdo asosan messenjerda boʻladi: mijoz Telegramda yozadi, narxni soʻraydi, rasm yuboradi. Shuning uchun CRM tanlaganda birinchi savol: u chatlarning oʻzida ishlaydimi?
Kweko aynan shunday qurilgan: har bir chat umumiy inboksga tushadi va oʻz bitimiga bogʻlanadi. Bitim voronkada bosqichma-bosqich yuradi.
Qanday boshlash kerak
Katta loyiha qilish shart emas. Uch qadam yetadi:
- Bitta kanalni ulang. Eng koʻp mijoz yozadigan joyni: odatda bu Telegram.
- Voronkani sodda tuzing. Toʻrt-besh bosqich: yangi, bogʻlanildi, taklif yuborildi, toʻlov kutilmoqda, sotildi. Batafsil: savdo voronkasi nima.
- Bir hafta ishlab koʻring. Keyin nima ortiqcha, nima yetishmasligini oʻzingiz koʻrasiz.
Eski mijozlaringiz Excelda boʻlsa, ularni ham koʻchirish mumkin: mijozlar bazasini qanday yuritish.
Narxi qancha
Kwekoda 3 kishigacha boʻlgan jamoa uchun bepul tarif bor, muddati cheklanmagan. Pullik tariflar bir oʻrin uchun oyiga 69 000 soʻmdan boshlanadi. Pro tarifini 14 kun bepul sinash mumkin, karta kerak emas. Toʻliq roʻyxat narxlar sahifasida.