Hamkorlik dasturi

Mijozlaringizni Kwekoga olib keling, har oy daromad oling.

CRM joriy qiladigan integratorlar, agentliklar, maslahatchilar va sotuvchilar uchun. Mijoz Kwekoga toʻlagan har bir obunadan 24 oy davomida ulush olasiz.

Kimlar uchun

  • Integratorlar Sotuv boʻlimini sozlaysiz, kanallarni ulaysiz, jarayonlarni quraysiz.
  • Marketing agentliklari Reklamadan kelgan lidlar yoʻqolmasligi uchun mijozga CRM ham berasiz.
  • Maslahatchilar Sotuvni yoʻlga qoʻyasiz va jamoaga qaysi vositada ishlashni tavsiya qilasiz.
  • Sotuvchilar (reseller) Dasturiy taʼminot sotasiz va mijozga birinchi qadamlarda yordam berasiz.

Uch daraja

Daraja har oy avtomatik qayta hisoblanadi: Kwekoga toʻlab turgan mijozlaringiz qancha koʻp boʻlsa, ulush shuncha katta.

  1. Registered

    20%

    Qoʻshilgan kundan

    • Referal havola va QR kod
    • Mijoz uchun ish joyi yaratish
    • Bitim roʻyxatdan oʻtkazish
  2. Silver

    25%

    5 ta toʻlovchi mijozdan

    • Registered imkoniyatlari
    • Hamkorlar katalogida yuqoriroqda
    • Mijoz soʻrovlari sizga ham yoʻnaltiriladi
  3. Gold

    Eng yuqori

    30%

    20 ta toʻlovchi mijozdan

    • Silver imkoniyatlari
    • Katalogda birinchi qatorda
    • Mijoz soʻrovlari avval sizga keladi

Pul qanday hisoblanadi

  1. 01Har bir toʻlangan obunadanKomissiya mijoz Kwekoga toʻlagan obuna hisobidan, QQS (12%) va qaytarilgan summalar ayirilgandan keyin hisoblanadi.
  2. 0224 oy davomidaMuddat mijozning birinchi toʻlovidan boshlanadi. Shu 24 oy ichidagi har bir toʻlovdan ulush olasiz.
  3. 03Nimalar kirmaydiAI paketlari, AI operator qoʻshimchasi va xizmatlar (sozlash, oʻqitish) komissiyaga kirmaydi.
  4. 0430 kun kutishKomissiya 30 kun kutishda turadi, keyin tasdiqlanadi. Shu vaqt ichida pul qaytarilsa, komissiya ham mos ravishda kamayadi.
  5. 05Har oy toʻlovTasdiqlangan balans 500 000 soʻmdan oshsa, oy boshida bank oʻtkazmasi bilan, akt asosida toʻlaymiz. Kamroq boʻlsa, keyingi oyga oʻtadi.

Mijoz qanday sizniki boʻladi

Uch yoʻl bor. Qaysi biri birinchi ishlasa, mijoz oʻsha hamkorga yoziladi.

  • Referal havola

    Mijoz havolangiz orqali kelsa, brauzerda 90 kunlik belgi qoladi. Shu muddatda roʻyxatdan oʻtsa, ish joyi sizga yoziladi.

  • Siz yaratgan ish joyi

    Ish joyini kabinetingizdan oʻzingiz yaratasiz, mijozning egasini email orqali taklif qilasiz. Mijoz darhol sizniki.

  • Bitimni roʻyxatdan oʻtkazish

    Kompaniya nomi va STIR bilan bitimni qayd qilasiz. 90 kun davomida bu kompaniya sizniki: kim birinchi qayd qilsa, oʻsha. Bahsli holatlarni Kweko jamoasi koʻrib chiqadi.

Mijoz ish joyiga kirish

Sozlashda yordam berish uchun mijoz ish joyiga kirasiz, lekin faqat egasi ruxsat bersa.

  • Ega Sozlamalar → Hamkor boʻlimida rolingizni tanlaydi: admin, jamoa rahbari, menejer yoki kuzatuvchi.
  • Ega ruxsatni istalgan payt oʻchiradi, shu zahoti chiqib ketasiz.
  • Har bir amalingiz audit jurnalida sizning nomingiz bilan yoziladi.
  • Toʻlovlar va karta maʼlumotlarini hech qachon koʻrmaysiz.
  • Siz pullik oʻrin egallamaysiz: mijoz siz uchun toʻlamaydi.

Hamkorlar katalogi

Kwekoni joriy qilishda yordam beradigan kompaniyalar. Oltin va kumush hamkorlar birinchi koʻrsatiladi.

Katalogni koʻrish uchun brauzeringizda JavaScript yoqilgan boʻlishi kerak. Yoki pastdagi formadan foydalaning.

    Hamkor topish

    Nima kerakligini yozing. Soʻrovni shahringizdagi mos hamkorga yuboramiz, u siz bilan bogʻlanadi.

    Qoidalar

    1. 01Oʻz kompaniyangiz yoki oʻz havolangiz orqali ochilgan ish joyingiz uchun komissiya hisoblanmaydi.
    2. 02Brauzerda oxirgi bosilgan hamkor havolasi hisobga olinadi. Ish joyi yaratilgach, u boshqa hamkorga oʻtmaydi.
    3. 03Bitim faqat haqiqiy muzokara boʻlsa qayd qilinadi. Bitta STIR boʻyicha bahs boʻlsa, Kweko jamoasi hal qiladi.
    4. 04Spam, aldov va Kweko nomidan vaʼda berish taqiqlanadi. Qoida buzilsa, hamkorlik toʻxtatiladi va toʻxtatilgan davrda komissiya hisoblanmaydi.
    5. 05Toʻlov olish uchun kabinetda kompaniya va bank rekvizitlarini toʻldirasiz. Toʻlov rekvizitlarga akt asosida oʻtkaziladi.

    Qoʻshilish bepul.

    Ariza 2 daqiqa oladi. 2 ish kuni ichida koʻrib chiqamiz.